«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan jamoa yarim himoyachisi Garet Beylning jamoaga qaytishini istamayapti.
Uelslik futbolchi joriy mavsumda ijara asosida «Tottenxem» sharafini himoya qilmoqda. U faqatgina fevral oyiga kelib «shporlar»ning asosiy tarkibidan joy olishga muvaffaq bo'ldi.
31 yoshli futbolchi "Tottenxem"ning so'nggi 5ta o'yinida maydonga tushib, 5ta gol urganiga qaramay, Zidan uning "Real"ga qaytishiga qat'iyan qarshi. Uning "Madrid"ga qaytishi jamoaga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligidan frantsiyalik murabbiy xavotir olmoqda.