"Real" yarim himoyachisi Eden Azar yana jarohat oldi, deya xabar tarqatdi "Marca". U eski jarohatini qaytalab olgan.
Uning tiklanishi uchun qancha vaqt ketishi haqida ma'lumot berilmadi. Ammo belgiyalik futbolchi yaqin 2 hafta ichida o'yinlarda ishtirok eta olmaydi. Shu bois, Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan «Atalanta»ga qarshi javob bahsini o'tkazib yuboradi.
2019 yilning yozida "Real" safiga qo'shilgan Azarning barcha jarohatlarini qo'shib hisoblasa, u 6 oy davomida jamoaga yordam bera olmagan.