Azar ECHL 1/8 finali doirasida 16 mart kuni “Atalanta”ga qarshi o'tadigan javob bahsiga qadar tiklanishi mumkin. Biroq, madridliklar ustozi Zinedin Zidan belgiyalik futbolchini to'liq sog'aymasa qaydnomaga qo'shmoqchi emas.
O'yinchi sport zalida individual dastur asosida mashg'ulot o'tkazmoqda. 3 fevral kuni safdan chiqqan 30 yoshli futbolchi mart boshiga qadar jamoaviy mashg'ulotlarga qisman qo'shilishi taxmin qilingandi. Biroq, bu yuz bermadi.
Azar joriy mavsum La Ligada 8 o'yinda maydonga tushib, 2+1 natija ko'rsatdi.