"FiveThirtyEight" algoritmida ishlaydigan superkompyuter klublarning Evropa chempionlar ligasidagi imkoniyatlarini chamalab chiqdi.
Bu borada eng yuqori ko'rsatkich «Manchester Siti»da bo'ldi. "Shaharliklar"ning chorak finalga chiqish imkoniyati 99 foizdan yuqori, yarim yo'llanmasiga ega bo'lishi — 77%, finalga chiqishi esa 58%ga teng deya baholandi. Gvardiola jamoasining musobaqada g'olib chiqishi ehtimoli 40%ga teng deya chamalandi.
Turnirda g'alaba qozonish imkoniyati bo'yicha keyingi pog'onalarni «Bavariya» (13%), «Liverpul» (10%), «Chelsi» (9%), «Real» (8%) va «PSJ» (7%) egallashdi.