Madridning "Real" klubi jamoasining sobiq futbolchisi Ronaldo bir necha yil davomida noqonuniy maosh to'lagani fosh etildi.
Sport.es tarqatgan xabarga ko'ra, braziliyalik futbolchi "Qirollik klubi" elchisi sifatida 1 million evro maosh olib kelgan. Ammo "qaymoqranglilar" sobiq futbolchi bilan mehnat shartnomasini tuzmagan holda, unga maosh to'lashgan. Bu orqali jamoa soliq to'lashdan qochishga uringan.
Ma'lumot o'rnida. Ronaldo 2002-2007 yillarda "Real" sharafini himoya qilib, 177ta uchrashuvda ishtirok etib, 104ta gol urgan va 35ta assist muallifiga aylangan.