Madridning «Real» klubi o'tgan yili «Inter»ga sotib yuborgan futbolchisi Ashraf Hakimini jamoaga qaytarish rejasini o'ylab ko'rmoqda.
Bu haqda ispan matbuoti xabar tarqatdi. Endi «Real» 40 millionga sotib yuborgan himoyachisini 50 million to'lab ortga qaytarishi mumkin. «Neradzurrilar» bundan kamiga rozi emas. Ushbu qarorga Zidanning o'zi to'xtalgan bo'lib, bu transfer «qirollik klubi»ning himoyadagi muammolariga optimal echim bo'lib xizmat qilishi kutilyapti.
Ma'lumot uchun, Hakimi «Inter» safida joriy mavsum 32 o'yinda maydonga tushib 6 gol va xuddi shuncha samarali uzatma muallifiga aylandi.