Ispaniya soliq xizmati La liga klublari — "Atletik", "Barselona", "Osasuna" va "Real"ga nisbatan ayblov e'lon qildi. Ushbu jamoalar soliq imtiyozlaridan noto'g'ri foydalanishgan.
"Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, 1990 yildan beri mazkur 4 klub notijorat sport tashkiloti sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan. Bu jamoalar 2016 yilga qadar 25 foizli stavkasidan foydalanib kelishgan. Primeraning qolgan jamoalari esa 30% miqdorida soliq to'lashgan.
Shu tariqa, "Barsa", "Real", "Atletik" va "Osasuna" klublari mazkur kamomadni to'ldirish uchun davlat g'aznasiga 5 million evrodan pul to'lab qo'yishlari kerak.