Ispaniyalik futbolchi «Real»ga Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi javob uchrashuvida yordam berishi mumkin.
«Real» himoyachisi Serxio Ramos fevral oyining boshida o'tkazgan tizzasidagi jarrohlik amaliyotidan tiklashishda davom etmoqda.
Ispaniyalik futbolchi taxminan 6 haftani o'tkazib yuborishi aytilgan edi, ammo uning tiklanish jarayoni tezroq kechmoqda. Manbaga ko'ra, ispaniyalik futbolchi 16 mart kuni Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichida, «Atalanta»ga qarshi javob o'yinida ishtirok uchun barcha imkoniyatlarga ega .
Qayd etilishicha, yaqin kunlar Ramosni tiklashda muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Agar 34 yoshli futbolchi tayyor bo'lsa, u Italiya jamoasiga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, birinchi o'yin safarda «Qirollik klubi»ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi.