Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa hujumchisi Karim Benzemaning holati haqida bayonot berdi.
«Hozir bu haqida konkret fikr bera olmayman. Barchamiz kutishga majburmiz. U hali guruhning umumiy mashg'ulotlarida qatnashmadi.
Shifokorlar Karimga ertaga aniq tashxis qo'yishadi. Menimcha u "Atletiko" bilan bahsgacha sog'aysa kerak», - deydi Zidan.
Eslatib o'tamiz, Madrid derbisi 7 mart sanasida bo'lib o'tadi.