Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland agar boshqa jamoaga o'tadigan bo'lsa, faqat 2ta klubdan biriga o'tishi mumkin.
"ESPN" tarqatgan xabarga ko'ra, norvegiyalik futbolchi uchun asosiy variant "Real" bo'lsa, zaxira varianti "Manchester Siti" hisoblanadi.
"Bavariya" va "Chelsi"dan taklif tushsa, 20 yoshli futbolchi ularga rad javobini bermoqchi.
Xoland qachon o'z jamoasini o'zgartirishi aniq emas. Futbolchining o'zi 2022 yilning yoziga qadar "Borussiya"da o'ynamoqchi. Lekin dortmundliklar ushbu mavsum yakunida EChL yo'llanmasini qo'lga kiritishmasa, reja o'zgarishi mumkin.
Erling joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 27ta uchrashuvda maydonga tushib, 27ta gol urdi va 8ta uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer narxi 110 million evroga teng.