Ular orasida "Manchester Siti", "Real", "Manchester Yunayted", "Bavariya" va "CHelsi" jamoalari bor.
"SHaharliklar" forvardga yozda "Siti" bilan shartnomasi yakunlanadigan hujumchi Serxio Agueroga o'rinbosar sifatida qarashmoqda. "Real" esa Xolandni Karim Benzemaning uzoq muddatli o'rinbosari sifatida o'rganmoqda.
Norvegiyalik futbolchi ko'proq ispan klubiga o'tishni xohlamoqda, ammo "Siti" variantini ham ko'rib chiqishi mumkin. "Bavariya" va "CHelsi" esa Erlingni unchalik jalb qilmadi.
Futbolchining kelajagi "Borussiya"ning CHempionlar Ligasiga chiqa olishi yoki olmasligiga bog'liq, agar Dortmund klubi CHLga yo'llanma ola bilmasa, forvard transferni talab qilishi mumkin.
20 yoshli hujumchi joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 4ta assist qayd etdi.