Yaqinda bo'lib o'tgan "Real Sosedad"ga qarshi o'yin 20 yoshli o'yinchi uchun yubiley bahs bo'ldi.
"Bu o'zgacha o'yin bo'ldi. Men "Real" safida 100ta o'yin o'tkazganimdan juda ham mamnuman. Bu dunyoning eng yaxshi klubi. O'z yutug'imdan faxrlanaman. "Qaymoqranglilar" safida o'ynash - men uchun amalga oshgan orzudir. "Real" safida yana 100ta o'yin o'tkazishni rejalashtirmoqdaman", - deydi Vinisius.
"Real" va "Real Sosedad" o'rtasidagi o'yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Vinisius 89-daqiqada gol urdi va o'z jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.