Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Turmush o'rtog'i sabab Zidan «Real»da, Shevchenko «Chelsi»da va Bekxem faoliyatini AQShda yakunlagan. Figu o'z xotinini erkaklar jurnalining muqovasida boshqa chiqmasligi uchun, «Inter»ga o'tgani haqida, yoxud futbolga ta'sir o'tkazgan ayollar

Xuddi shuning uchun ham, futbolda ham to'p ustasining rafiqasi roli katta. Ular ba'zida mukammal kelishuvlarni tez amalga oshishida, ba'zi hollarda esa tayyor transferlarni buzishi, yoki turmush o'rtog'ini sevimli jamoasidan ketishga ko'ndirishi ham mumkin. «Futbolchining rafiqasi bilab yaxshi aloqa o'rnatish, o'yinchining o'ziga qaraganda ham muhimroq. Men Zidan va boshqa ajoyib futbolchilarni, ularning xotini bilan yaxshi kelisha olganim sababli yo'qotganman», - deydi «Yuventus» jamoasi bosh direktori Luchano Moggi. Hozir esa biz sizlarga futbol tarixida bo'lgan xuddi shu holatlar haqida hikoya qilamiz.

.
- Yuklab olish

Oxirgi yillarda futbol olamida transfer narxlari juda ham o'sdi. Buyuk futbol jamoalari katta narx evaziga ajoyib futbolchilarni o'z tarkibiga qo'shib olmoqda. Ammo ba'zida shunday holatlar bo'ladiki, biror-bir o'yinchi katta maosh evaziga ham jamoasini almashtirishni xohlashmaydi. Shu paytda tajribali futbol agentlari bu ishni amalga oshirish uchun, g'aroyib yo'l tutishadi. Ya'ni o'sha futbolchining turmush o'rtog'i ishga soladi. Taniqli sport direktori Roman Monchi futbolchilarning kundalik hayotidagi barcha narsalarga juda e'tiborli bo'lishi bejiz emas: avtomobilining rangidan tortib, qarindoshlari orasidagi munosabatlargacha.
Xuddi shuning uchun ham, futbolda ham to'p ustasining rafiqasi roli katta. Ular ba'zida mukammal kelishuvlarni tez amalga oshishida, ba'zi hollarda esa tayyor transferlarni buzishi, yoki turmush o'rtog'ini sevimli jamoasidan ketishga ko'ndirishi ham mumkin.
«Futbolchining rafiqasi bilab yaxshi aloqa o'rnatish, o'yinchining o'ziga qaraganda ham muhimroq. Men Zidan va boshqa ajoyib futbolchilarni, ularning xotini bilan yaxshi kelisha olganim sababli yo'qotganman», - deydi «Yuventus» jamoasi bosh direktori Luchano Moggi.
Hozir esa biz sizlarga futbol tarixida bo'lgan xuddi shu holatlar haqida hikoya qilamiz.


Roman Abramovich xotinidan, Andrey Shevchenkoning rafiqasi bilan do'stlashishini so'radi. Ayollar Londondagi butiklarida birga aylanishgani va keyin Shevchenkoni «Chelsi»ga ko'chib o'tgani haqida.


Futbolchining turmush o'rtog'i taqdiriga aralashgniga eng mashhur misol - Andriy Shevchenkoning «Milan»dan «Chelsi»ga o'tganini ko'rsatish mumkin.

Roman Abramovich Angliyada bo'lgan birinchi kunlaridanoq ukrainalik yulduzni Londonga olib kelishni xohlardi. Bir necha yil davomida, bu transferga turli xil tomonlama yondashdi, ammo...

2003 - yil yozida Abramovich Milandagi «Four Season» mehmonxonasining qabulxonasida Shevchenko bilan uchrashdi. «O'shanda Shevchenko darhol "Chelsi"ga o'tmasligi, ayni paytda "Milan" jamoasida baxtli ekanligi», haqida aytadi. Shundan so'ng, ular yana besh daqiqacha suhbatlashishadi.
Bir yil o'tgach, Abramovich va «Chelsi»ning ijrochi direktori Piter Kenon ukarinalik bilan muzokaralarni boshladilar, ammo Shevchenko yana rad etdi. 2005 - yilda rus milliarderi va ukrainalik superyulduz doimiy aloqada bo'lganligi haqida mish-mishlar paydo bo'ldi. Ammo «Chelsi»ga o'tish uchun yana bir narsa etishmayotgan edi. «Abramovich Shevchenkoni ishontirish uchun uchinchi kuch kerakligini sezdi», deb yozadi «Atletik» gazetasi.
O'sha yili rossiyalik milliarder Andreyning rafiqasi, taniqli model Kristina Pazikni ishga solishga qaror qiladi.
Reja bo'yicha, Kristina bilan Abramovich emas, balki uning rafiqasi Irina Malandina gaplashishi kerak edi.
Ayollar 2005 - yil dekabr oyida ilk marta uchrashishgan. Rojdestvo bayrami oldidan Irina Kristenani London bo'ylab sayohatga olib bordi. Futbolchi va milliarderning ayollari butiklar va restoranlarga aylanishga borishdi. Irina Malandina amerikalik modelga Angliya poytaxtining barcha afzalliklari haqida gapirdiva bu erda faoliyatini olib borishida yordam berishga va'da beradi.

Keyingi olti oy davomida Kristina erini Milandan Londonga ko'chib haqida bot-bot aytib o'tadi. Bu holatdan jurnalistlar tezda xabar topishadi. Shundan so'ng, Kristina Pazik Milan ko'chalarida ehtiyot bo'lib yurishiga to'g'ri kelib qoladi. Chunki, «rossonerlar» muxlislaro taniqli modelni yo'lda ko'rib qolishsa, haqoratlashardi. Ammo, allaqachon kech edi. Shevchenko 2006 - yilning yozida «Chelsi»ga ko'chib o'tadi va qarorini shaxsiy sabablar bilan izohlaydi: «Men ingliz tilida gaplasha olmayman, xotinim esa ukrain tilini bilmaydi. Hozir ozmi-ko'pmi biz muloqot qila oladigan yagona til - italyan tili. Shuning uchun men va olti oylik o'g'lim Jordan bilan ingliz tilini yaxshi o'rganishimiz uchun Londonga ko'chib o'tishga qaror qildik». 

Bu holat Italiya davlati ministri Silvio Berluskonini jahlini chiqaradi va ukrainalik futbolchiga qarata:
"Haqiqiy milanist va haqiqiy erkak bunday qilmasdi. Uyda men xo'jayinman, muhim qarorlarni qabul qilaman. Shevchenko uchun eng muhimi, xotinining injiqliklarini bajarishdir. U itoatkor kompyuter singari uning buyruqlari bilan ishlaydi".


Viktoriya Bekxem turmush o'rtog'i David Bekxemni modeler sifatida faoliyatini olib borish uchun Madriddan AQShga ko'chirganiga haqida. Aytgancha, Bekxemni manchesterdan ketishiga ham aynan uning xotini sababligini esdan chiqarmang.

2000 yillarning boshlarida "Manchester Yunayted"ning umidli yarim himoyachisi David Bekxem "Spise Girls" qo'shiqchisi bilan uchrashib qoladi. Ushbu uchrashuvdan so'ng, Davidning hayoti modalar dunyosiga almashib ketadi. U soch turmagini har oyda o'zgartirib turadigan odat chiqaradi. Qolaversa, taniqli insonlar bilan uchrashuvlar uyushtirib turish, uning kundalik hayotining ajralmas bo'lagiga aylanib qoladi. Hozirgi paytda futbolchilar orasida ancha urf bo'layotgan ajabtovur soch turmaklari, 20 yil avval Aleks Fergusonni g'azablantiradi va Angliyalik futbolchini "Real Madrid"ga ketishiga imkon yaratib beradi.

2007 - yilda, 32 yoshli Bekxem to'satdan Amerikaga ketishga qaror qiladi. Bu yoshda ham Evropaning top jamoalarida yaxshi o'yinlar ko'rsata olishi mumkin. Shuning uchun, uning MLSga ketish qarori ko'pchilikni hayron qoldiradi. David transferning sababi sifatida, AQSh futbolida o'z nomini qoldirish ekanligi haqida aytadi. Ammo ma'lum bo'lishicha, Bekxem nafaqat futbolni rivojlantirish uchun, balki rafiqasining ish faoliyatini rivojlantirishga yordam berish uchun ham ketayotgani a'yon bo'ldi.
Britaniyalik madaniyatshunoslik va sotsiologiya professori David Bekxem haqida bir nechta kitoblar yozgan Ellis Kashmor Viktoriya 2000 - yilda "Spise Girls"  guruhini tark etgandan keyin mashhurligini yo'qotganligini aytdi. Dastlab, uning nomi Davidning ismi bilan yonma-yon tilga olinardi, ammo asta-sekin u muxlislar yodidan chiqa boshlaydi. Viktoriya shundan keyin moda dizayneri sifatida karerasini qayta tiklashga qaror qiladi ammo bu Madridda muvaffaqiyatsiz yakun topadi.

Viktoriya dastlabki omadsizlikdan so'ng ham, o'z qarorini o'zgartirmaydi. O'sha paytda ham AQSh modalar bo'yicha dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatorida edi. Shundan keyin Bekxemning xotini, futbolchini AQShga ketishiga harakatni boshlab yuboradi.
O'sha paytda bundan xabar topgan, "Los Anjeles Gelaksi" jamoasi Bekxemga yaxshi taklif bilan chiqadi va angliyalk futbolchining keyingi faoliyati ushbu klub bilan bog'lanadi.
Qo'shma Shtatlarda Viktoriya o'z karerasini qaytadan boshladi: 2011 - yilga kelib, uning kiyim-kechak brendining savdosi 12 million dollarga etdi, u butun dunyo bo'ylab moda haftaliklariga taklif qildi. Bularning barchasi Amerika Qo'shma Shtatlarga ko'chib o'tgandan keyin boshlangan.

Bekxemning MLSga o'tishida, Viktoriyaning ishtiroki to'g'risida aniq dalillar yo'q. Ammo oilaga yaqin bo'lgan jurnalistlar o'sha paytda Viktoriyaning Davidga ta'siri juda katta bo'lganligini yozishadi.
"Viktoriya ushbu qarorning amalga oshirishida juda ko'p harakat qilgan.", deb yozadi Kashmor.

 

Zidanni turmush o'rtog'i Veronika, futbolchini vatani Ispaniyaga olib ketishi, yoxud Zizuni «Real Madrid»ga ko'chib o'tishi haqida.


Ingliz yozuvchisi Dyu Jonatanning «Zizuning kal oltin boshi» nomli kitobidagi boblarining biri «Veronika poshnasi ostida, yoki ushbu ayol hamma narsada aybdor» deb nomlangan. Bu ramziy ma'noga ega bo'lib, aynan Zidanning Madridga ko'chib o'tishida, ayolining katta ta'siri borligi haqida so'z kettgan.
Chiroyli ispaniyalik ayol va namunali uy bekasi, bir marta u intervyusida eri uchun hamma narsaga tayyorligini tan oldi. Ular Zizu bilan yoshligida uchrashishganligi haqida aytadi. Ammo, Zidan A seriyada g'alaba qozonib, Chempionlar Ligasida ham g'olib bo'lishga urinayotgan bir paytda, Veronika iliq erlarga ketishni orzu qilardi. Qiz Turinning sovuq va nam ob-havosiga chiday olmasligini yashirmadi, bolalari qishda tez-tez shamollab qolishidan shikoyat qila boshladi. Har yili yozda u eri va bolalari bilan Veronikaning vatanidagi Almeriya shahri yaqinida joylashgan kichik El-Chiva qishlog'iga borib turardi.
«Yuventus» Veronikaning noroziligini payqadi va shahar tashqarisidan Zidanga uy topdi. Chiroyli tabiat ham Zidanning xotinini ishontira olmadi. «Shahar atrofiga ko'chib o'tish, Viktoriyaning Turinga bo'lgan munosabatini o'zgartirmadi. U hamma narsadan norozi edi.», - deb eslaydi Luchano Moggi
Baxtli oila bir necha yil Turinda bo'lganidan so'ng, Veronika Zizuni Ispaniyaga ko'chib o'tishga ko'ndira boshladi. O'sha paytda frantsuzga «Betis» va «Atletiko»dan qiziqishlar bor edi. Bir paytlar «Barsa» ham Zinedinga qiziqib qolganini aytib o'tish lozim. Shu voqealardan keyin Veronika faol tarzda erini Ispaniyaga ko'chishga harakat qila boshlaydi. 1999 - yilning bahorida «Yuventus» prezidenti Janni Anelli Stump jurnaliga bergan intervyusida shunday deydi: «Men Zidanni saqlab qolmoqchi edim, lekin uning rafiqasi buni xohlamagan. Buni faqat men va Zidan hal qila olmasdik.
2000 - yilda "Real Madrid" birinchi marta Zidanga qiziqish bildira boshladi. Veronika bu transferni xohladi, Zidan rozi bo'ldi va bundan Madrid jamoasi foydalanmoqchi bo'ldi, faqat "Yuventus" sport direktori Luchano Moggi qarshilik ko'rsatdi. Peres taniqli futbol agenti Alan Milyachchodan yordam so'rashga qaror qiladi.

Florentino Milyachchodan Zidanni ko'ndirishiga yordam berishini so'radi. "2001 - yil bahorida Peres, Zidan va Alen triosi Lionda yashirin muzokaralar olib bordi", deb yozadi Patrik Fortning "Zidanning biografiyasi" deb nomlangan kitobida. Ushbu uchrashuvdan keyin, Alan Zidan mashg'ulotga ketishi bilan, uning Turindagi uyiga borishga qaror qiladi. Veronika uy-ro'zg'or ishlari va bolalar bilan band edi. U o'zini tanishtiradi va maqsadini ochiqchasiga aytadi. Shuningdek, qo'shimchasiga "Real" prezidentining Madriddagi yorqin kelajak haqidagi gapini aytishni ham unutmaydi. Tushunganingizdek, bu transferni amalga oshishida 80 foiz ishni mana shu suhbat hal qilgan.


Iyun oyida Zidan "Repubblisa"ga bergan intervyusida shunday dedi: "Agar bu transfer menga bog'liq bo'lsa, men allaqachon «Real»da bo'lgan bo'lardim". Ikki haftadan so'ng "Yuve" uni 75 million evroga sotishga majbur bo'ldi. Zidan bu qarorni Veronika bilan birgalikda qabul qilgani haqida o'sha paytda matbuotda juda ko'p gapirildi.
"Yuventus" ham ushbu transferdan keyinchalik juda mamnun bo'lgani haqida yozadi. Chunki uning puliga Nedved va Tyuram Turinga olib kelingan. Faqat Zidanning "Yuve"dagi sobiq sherigi Filippo Inzagi achchiqlandi: "Men turmush qurganimda, xotinim aytganimni qiladi".


Luish Figuni Madridni Milanga almashtirishi haqida qisqacha.

2005 - yil yozida Figuning «Real» bilan shartnomasi tugash arafasida edi va portugaliyalik o'ziga yangi klub izlashga tushadi. «Real» sobiq futbolchisi Evropaning ikki grand jamoalari «Liverpul» va «Inter» qiziqishlarining doirasiga tushib qoladi. Figuning o'zi Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan Benites jamoasiga o'tishga moyil edi. Ammo Figuning rafiqasi - shvetsiyalik model Xelen Svedin Italiyaga borishni xohlab qoladi. Aniqrog'i, Milan shahri Angliyaga qaraganda moda bo'yicha ancha oldinda edi. Shu sababdan erini ko'proq «Inter» taklifiga rozi bo'lishiga harakat qila boshlaydi.

Luish rafiqasini juda ham sevar edi, hatto uchrashib qolishidan avval, Ispaniyada u bilan suhbatlashish uchun ingliz tilini ham o'rgangan edi. Ammo bu safar Figuning o'jarligi tutib qoldi. Uni bu yo'l bilan ko'ndira olmagan Xelen, maxfiy qurolini ishga soladi. «Biz Floridadagi restoranda o'tirdik va ushbu muammo bilan yana janjallashib qoldik», deb eslaydi portugaliyalik futbolchi o'zining tarjimai holida.

«Bu mening Chempionlar Ligasini yutish uchun so'nggi imkoniyatim bo'lishi mumkin!» Keyin xotinim javob berdi: "Agar biz Milanga ko'chib ketsak, men endi hech qachon erkaklar jurnallari uchun kiyimsiz holdagi rasmim bo'lmaydi. Bu ishimni ortiq qilmayman, azizim, eshitdingizmi?"

O'sha paytda Luish Figuning xotini reklama bo'yicha ham faoliyatini olib borardi. Evropada erkaklarni jalb qilish uchun, ushbu yo'ldan foydalanish ancha urf bo'lgan.
Keyinchalik, portugaliyalik futbolchi "Inter"ni tanladi va xotini hozirgacha o'z va'dasini a'lo darajada bajarib kelmoqda.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

 

BestMaster
3 Mart 2021, 11:30
turmush, ortogi, sabab, zidan, «real»da, shevchenko, «chelsi»da, bekxem, faoliyatini, aqshda, yakunlagan, figu, xotinini, erkaklar, jurnalining, muqovasida, boshqa, chiqmasligi, uchun, «inter»ga, otgani, haqida, yoxud, futbolga, tasir, otkazgan, ayollar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads