«Vulverxempton»ga qarshi o'yindagi g'alaba (4:1) «Manchester Siti» uchun barcha musobaqalar doirasidagi 21-g'alaba bo'ldi.
Shu tariqa, Pep Gvardiola g'alabali seriya bo'yicha Evropaning top-5 chempionatlari klublari orasidagi uchinchi natijani qayd etishdi.
2014 yilda Karlo Anchelotti boshqaruvidagi «Real» ketma-ket 22ta o'yinda g'alaba qozongan bo'lsa, 2020 yilda Xans-Diter Flik murabbiyligidagi «Bavariya» ketma-ket 23ta g'alabani qo'lga kiritgan edi.
«Siti» navbatdagi bahsni 7 mart kuni «Manchester Yunayted»ga qarshi o'tkazadi.