"Umid qilamanki, Benzema bizga "Atletiko"ga qarshi o'yinda yordam beradi, ammo biz biroz kutishimiz va uning holatini ko'rishimiz kerak, sababi u hali ham umumiy guruh bilan mashg'ulot olib bormayapti.
Ertaga xulosaga kelamiz. Ammo sizga aytmoqchimanki, tiklanish jadvalga muvofiq bo'ladi", - deydi Zidan.
33 yoshli franciyalik futbolchi joriy mavsum "qirollik klubi" tarkibida La Liga doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 5ta assist qayd etdi.