«Real» yarim himoyachisi Eden Azarning jarohatdan tiklanishi cho'zilib ketmoqda.
"As" tarqatgan xabarga ko'ra, belgiyalik futbolchi hali maydondagi mashqlarga qaytmadi. U bugun jamoa himoyachisi Dani Karvaxal bilan birga trenajer zalida shug'ullanishdi.
Azar 3 fevral kuni mushagidan jarohat olgan bo'lib, uning tiklanishi uchun 3-4 hafta talab etilishi haqida ma'lumot berilgan edi. Ammo sog'ayish jarayoni kutilganidan cho'zilib ketdi. Shu tariqa, Eden 7 mart La liganing 26-turi doirasida bo'ladigan «Atletiko»ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi.
30 yoshli futbolchi La liganing joriy mavsumida 8ta o'yinda ishtirok etib, 2ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.