Marca yozishicha, son mushaklarini shikastlab olgani tufayli lazaretda bo'lgan Benzema 2 mart kuni individual dastur asosida mashq qilgan. Tizzasidagi jarohat sabab bir oyga yaqin muddatni o'tkazib yuborgan Ramos esa to'p bilan ishlashni boshladi.
Franciyalik hujumchi 7 mart kuni “Atletiko”ga qarshi o'yinda jamoasiga yordam berishi kutilmoqda. Jamoa sardori esa ECHL 1/8 finali doirasidagi “Atalanta” bilan javob uchrashuvida (16 mart) maydonga tushishi mumkin.