Cadena Cope nashri xabariga ko'ra "Barselona" va "Real Madrid" uchrashuvini boshqarib borgan hakam Rikardo de Burgos Bengoechea o'yindan keyingi protokol tuzishda Ronaldu bilan yuzaga kelgan vaziyatni ham kiritdi.
"Men futbolchiga qizil kartochka ko'rsatganimdan so'ng, u meni itarib yubordi." - deya yozada Bengoecha.
Endilikda Ronaldu javob uchrashuvida maydonga tushmaydi, shuningdek, Bengoecheaning ayblovi o'z tasdig'ini topsa Krishtianu La Liga doirasida 4 o'yindan 12 o'yingacha uchrashuvlarda maydonga tusha olmasligi mumkin.
Qaror yaqin vaqtlar ichida qabul qilinadi.