Joriy mavsum so'ngida «Bavariya»ni tark etishini e'lon qilgan David Alaba faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi borasida bir qarorga kelgani yo'q.
«PSJ» esa avstriyalik futbolchiuf aniq taklif bilan chiqdi. Alaba jamoa prezidenti Nossir al-Helayfiy bilan muzokara o'tkazishga ham ulgurdi.
«Pari Sen-Jermen» klubi, Alaba istaganidek, futbolchini maydon markazida o'ynatishga tayyor. Davidga asosiy da'vogarlardan biri hisoblangan «Real» esa o'yinchiga maydon markazidan joy bermoqchi emas. Chunki yarim himoya chizig'ida Kazemiro, Valverde, Toni Kroos kabi o'yinchilar bor. Shu bois, avstriyalik futbolchi hali bir qarorga kelmadi.
Alaba joriy mavsumda Bundesliga doirasida 22ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.