Frantsiyaning «Renn» klubi hujumchisi Eduardo Kamavinga jamoasi bilan yangi bitim imzolamoqchi emas.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Eduardoning amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan va u bu muddatgacha jamoada qolmaslikka qaror qilgan.
Frantsuz kelgusi faoliyatini o'ziga «og'iz solgan» top klublardan birda davom ettirmoqchi. Hozircha uni o'z safiga qo'shib olishga da'vogarlar ro'yxatida «Real», «PSJ» va «Yuventus» klublari bor.
Transfermarkt Kamavinganing narxini 60 million evroga baholagan.