1 mart, dushanba kuni «Real» La liganing 25-turi doirasida o'z maydonida «Real Sosedad»ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o'ynadi.
Ikkinchi bo'limning 56-daqiqasida mehmonlar Kristian Portuning goli evaziga hisobni ochishgan bo'lsa, maydon egalari o'yin tugashiga bir daqiqa qolganida hisobni tenglashtirishdi. Gol muallifi — Vinisius Junior.
Vinisius uchun mazkur bahs «Real» futbolkasidagi 100-o'yin bo'ldi. Bu orqali braziliyalik futbolchi ushbu marrani zabt etgan eng yosh uchinchi o'yinchiga aylandi — 20 yoshu 232 kunlik.
"Qirollik klubi" afsonalari Raul (19 yoshu 177 kun) va Iker Kasilyas (20 yoshu 125 kun) ushbu ko'rsatkich bo'yicha rekordchi hisoblanishadi.