Ispaniya La Ligasi 25 - turining so'ngi uchrashuvi bo'lgan «Real Madrid» hamda «Real Sosedad» yakunladi. Ushbu bahsda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi. Biroz ehtiyotkorlik bilan boshlangan mazkur uchrashuvning birinchi taymi teng kurashlar ostida kechdi va hech qaysi jamoaga hisobni ochish nasib etmadi. Ammo ikkinchi taymning boshlarida ozroq jonlanib qolgan san-sebastiyanliklar 55 - daqiqaga kelib hisobni ochishdi. Nacho Monrealning yuqoridan uzatib bergan to'pini, Portu boshi bilan darvozaning uzoq burchagiga joylab qo'ydi. Bu vaziyatda Kurtua hech qanday reaktsiya ko'rsata olmadi. Ushbu goldan so'ng Zidan tarkibda bir qancha o'zgarishlarni amalga oshirdi. Xususan, Ugo Duro, Vinisius va Rodrigoning maydonga tushishi, bu holat Madrid jamoasining mag'lubiyatga rozi emasligini ko'rsatardi. Shundan so'ng ketma-ket hujumlar uyushtirgan maydon egalari maqsadiga erisholmadi. Yaratilgan vaziyatlarning barchasi ko'kka sovirila boshladi. Faqatgina, 89 - daqiqaga kelib, Valverde va Vaskes rivojlantirgan hujumni Vinisius Junior gol bilan yakunlashga erishdi. Chap qanot bo'ylab uyushtirilgan hujumda, Lukas Vaskes to'pni biroz havolatib «Real Sosedad» jarima maydonchasiga uzatib berdi va braziliyalik hujumchi uni gol bilan yakunladi. yakuniy hisob 1:1. Ushbu bahsdan keyin madridliklar "Barselona" bilan bir xil 53 ochko to'pladi va turnir jadvalida 3 - o'ringa tushib ketdi. Chunki kataloniyaliklar to'plar nisbati bo'yicha yaxshiroq natija qayd etishgan edi.
«Real Madrid» - «Real Sosedad» 1:1
"Alfredo di Stefano" stadioni
Gollar: Vinitsius (89), Portu (55)