Madridning «Real» jamaosi sobiq prezidenti Roman Kalderon «Liverpul» futbolchisi Muhammad Salohni madridliklar safiga o'tishi haqidagi mish-mishlarga o'z fikrini bildirdi.
«Muhammad ajoyib o'yinchi va to'purar. U "Liverpul"ga qo'lidan kelganicha yordam berdi, ammo jamoa uni tark etishlariga yo'l qo'ymaydi deb o'ylayman. Agar ular bu haqda o'ylashgan taqdirda ham, faqatgina katta pul uchun qo'yib yuborishlari mumkin. Saloh ham albatta, "Real"ga o'tishni xohlamoqda, ammo "Liverpul" bu futbolchi uchun juda ko'p pul so'raydi va agar bitim imzolansa, bu "qaymoqranglilar" uchun juda ajoyib transfer bo'ladi», deydi sobiq prezidenti Ramon Kalderon ON Time Sports muxbiriga