Madridning «Real» jamoasi futbolchisi Toni Kross «Real Sosedad»ga qarshi uchrashuvda rekord qayd etdi. Gap shundaki, yarim himoyachi bugun o'zining «qaymoqranglilar»m safidagi 309 - uchrashuvda maydonga tushdi va «Real» safida eng ko'p o'yin o'tkazgan nemis futbolchisiga aylanib oldi. U o'z vatandoshi bo'lgan Uyle Staylikni ortda qoldirdi. Sobiq nemis futbolchisi madridliklar safida 208 uchrashuvda maydonga tushgan edi.
Toni 2014 - yilda «Real» jamoasiga «Bavariya»dan 25 million evro evaziga ko'chib o'tgandi.
O'shandan beri u «qaymoqranglilar» bilan 14ta sovrin boshi uzra ko'tarish nasib qilgan.