Bugun Ispamiya La Ligasi 25-turning so'nggi o'yinida o'tkaziladi. «Real Madrid» jamoasi o'z maydonida San-Sebastyanning «Real Sosedad» jamoasini qabul qiladi. Chempionat jadvalining kuchli top-6 jamoalari orasidan joy olgan mazkur ikki jamoa o'rtasidagi bahsning qiziqarli o'tishiga hech ham shubha yo'q. Chunki, «Real» jarohatlar bilan bog'liq muammolar bilan o'ralashib qolgan bo'lsa, san-sebastyanliklar mavsum avvalidan kuchli uchlikka da'vogar sifatida qaralayotgan jamoa edi. Yil boshida «basklar» bir qancha vaqt La Liga jadvalida yuqori o'rinlarda yurdi, ammo keyinchalik muvaffaqiyatsizlikka uchrab, kundan-kunga pastga tushib ketishdi. Ayni paytda «qaymoqranglilar» ketma-ket to'rtta g'alabadan iborat seriyani qayd etishmoqda. Jamoaning «Levante»ga qarshi uchrashuvi omadsizlikdan boshqa narsa emasligini isbotlash uchun bor kuchlari bilan harakat qilishmoqda. «Real Madrid» hozirda «Atletiko»dan atigi 5 ochko kam jamg'arib, jadvalda ikkinchi pog'onadan joy olgan. Madridiklar ayni paytda hamsharidan bitta kam o'yin o'tkazgan. Agar, o'sha uchrashuvda ham g'alaba qozonadigan bo'lsa, chempionlikka asosiy da'vogarlardan biri bo'lishiga shubha yo'q.
O'tgan turlarda «Real Sosedad» ketma-ket uchta uchrashuvda g'alaba qozonishdi. Umuman olganda ular anchadan buyon bunday seriya namoyish etishmayotgan edi. «Ko'k-oqlar» oxirgi marta o'tgan yilning kuz faslida ketma-ket 5 uchrashuvda g'alaba qozonishgan edi, shundan so'ng jamoaning o'yini biroz yomonlashib ketdi va ayni paytda 41 ochko bilan turnir jadvalida 5-o'rindan joy olishganshgan. «Sosedad»ning eng yaqin ta'qibchisi bo'lgan «Betis» jamoasi bilan oradagi farq bor yo'gi, 2 ochkoligini hisobga olsak, «Real Madrid»ga qarshi o'yinda maksimal tarzda ochko olishga harakat qilishadi.
Hozir biz sizlarga jamoalarning shu kabi va boshqa yangiliklardan, qolaversa, yo'qotishlar va ehtimoliy tarkib haqidagi qisqacha prevyuni sizlarga taqdim etamiz.
«Real Madrid»
«Real Madrid» chempionlikka harakat qilayotgan jamoa rejimini yoqdi, mart oyi boshida ular uchun ko'p narsani hal qilishlari mumkin. Mavsum tugashiga hali etarlicha vaqt bor, «Atletiko» jamoasi ham oxirgi turlarda ochko yo'qotib, ta'qibchilarini ancha o'ziga yaqinlashtirib olishdi. Bu holatdan maksimal tarzda foydalanishga urinayotgan, «Real» va «Barsa» jamoalari boshqa ochko yo'qotishni xohlashmayapti. Ayniqsa, «qaymoqranglilar» uchun bu yog'iga yo'qotilgan har bir ochko, klubning chempionlik poygasidan uzoqlashib ketishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham, Zidan shogirdlarini bu yog'iga qoqilishlariga hech qanday haqlari yo'q. Mart oyi «Real» uchun ikkita qiyin uchrashuv bilan boshlanadi. Bugungi «Real Sosedad»ga qarshi bahsa, hamda 7 mart kuni bo'ladigan Madrid derbisi. Ayollar bayramidan bir kun oldin o'tkaziladigan, "Atletiko"ga qarshi uchrashuvda ko'p narsa hal qilinishi mumkin. Ikki jamoa ham ushbu bahsda ayni paytda Ispaniya poytaxtida kim qirolligini isbotlashga, hamda chempionlik poygasi etakchiligi uchun maydonga tushishadi. Agar, Zidan va uning jamoasi La Liga chempionligini maqsad qilgan bo'lsa, ushu ikki bahsda ham ochko yo'qotmasligi shart. Qolaversa, bahorning ilk oyi o'rtalarida bo'ladigan Chempionlar Ligasi javob bahsi ham "qirollik klubi"ni kutib turibdi.
2021 - yil boshi Zidan jamoasi uchun juda qiyin boshlandi. Jamoa tarkibining a'zolarining deyarli yarmi jarohat sabab safdan chiqishgan. Bugungi bahs ham o'sha epidemiyasiz kechmasligi tayin. Chunki, asosiy futbolchilar hisoblangan Azar, Benzema, Ramos, Karvaxal va Militao kabi o'yinchilar bugungi uchrashuvni o'tkazib yuborishadi. "Qaymoqranglilar" bir necha bahsdan beri hujumchisiz harakat qilayotgan bo'lsa ham, Zidanning o'ylagan rejalari amalga oshib kelmoqda. Asosan hujumchilarsiz maydonga tushgan uchrashuvlarda, o'yin taqdirini himoyachilar, yoki yarim himoyachilar hal qilishmoqda. Karim Benzemani dastlab "Atalanta"ga qarshi Bergamodagi uchrashuvgacha oyoqqa turadi deb aytishgandi, lekin katta ehtimol bilan ushbu futbolchi bugungi bahsni ham o'tkazib yuboradi.
Hujumchisiz Zidan oldida ikkita variant bor, Mariano Dias, Vinisius, Asensio uchligidan yana foydalanish, hamda Kastiliyadan chaqirilgan Serxio Aribbas va Ugo Duro juftligini asosiy tarkibda boshlashiga imkon yaratish. Yuqorida keltirilgan uchlik maydonga yushgan o'yinlarida unchalik katta ishni bajarishmadi, shuning uchun ham tarkibga yangi qon olib jamoaga unchalik katta zarar qilmasa kerak, chamamizda.
«Real Sosedad»
San-Sebastiyanliklar qatorasiga beshta uchrashuvdan beri mag'lubiyatsiz o'yin namoyish etishmoqda . Ular oxirgi marta 9 yanvar kuni «Sevilya» jamoasidan mag'lubiyat alamini tortib ko'rishgan. «Ko'k-oqlar» shundan beri maydonni ochkosiz tark etishmayapti. «Real Sosedad» o'tgan hafta Evropa Ligasidan sharmandali tarzda tark etishdi. «Manchester Yunayted» jamoasidan uchralgan muvaffaqiyatsizlik, xalqaro maydonlardagi uchrashuvlariga yakun yasadi. Shundan so'ng, Imanol Alguasil shogirdlari bor e'tiborni ichki chempionatga qaratishi tayin. Ammo ularning taqibchilari bo'lgan «Betis» va «Vilyarreal» jamoalari ham ancha mazmunli o'yin namoyish etishmoqda. Bu yog'iga yo'qotilgan har qanday ochko «basklar»ning jadvalda pastga sho'ng'ishda davom etishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun mazkur oyda o'tkazadigan «Real Madrid», «Levante», va «Granada» kabi jamoalarga qarshi maksimal ochkoni to'plashga harakat qilishadi.
«Sosedad»ning so'nggi mavsumlardagi eng yaxshi hujumchilaridan biri bo'lgan Villian Xose qishda «Vulverxempton»ga ko'chib o'tgandan so'ng, Imanol Alguasil yosh shved futbolchisi Aleksandr Isakka ko'proq ishonch bildirishni boshladi. Isakka mavsumning ikkinchi davrasi ancha omadli kechdi va ketma-ket uchrashuvlarda gol urishni boshladi. Hozirgacha 20 uchrashuvda maydonga tushib, 12 marta raqiblar posponini ranjitishga erishdi.
Tarkibdagi yo'qotishlar borasida «Real Sosedad» raqibi «Real Madrid»dan sira ham qolishmaydi. Bugungi bahs oldidan, san-sebastiyanliklar tarkibidan birdaniga 8 futbolchi maydonga tushmaydi. Gaiska Aesa, Ilyaramendi, Migel-Anxel, Xoseba Saldua, Luka Sangali, Aleks Sola, Arits Elustondo kabi o'yinchilar jarohat sabab bugungi uchrashuvni o'tkazib yuborsa, Mikel Merino hisobidagi sariq kartochkalar soni oshib ketishi sabab bugngi bahsda maydonga tushish nasib etmaydi.
Ehtimoliy tarkiblar
«Real Madrid» (4-3-3): Kurtua, Vaskes, Nacho, Varan, Mendi, Modrich, Kazemiro, Kross, Junior, Dias, Asensio.
«Real Sosedad» (4-3-3): Aleks, Gorasabel, Subeldiya, Le Norman, Monreal, Silva, Ilyaramendi, Aldalur, Isak, Oyarsabal.
Bugungi uchrashuv oldidan, Zidan odatdagi 4-3-3 taktik sxemadan voz kechmasligi aniq. Agar, Benzema maydonga tushgan taqdirda bu chizma o'zgarishi mumkin edi, ammo «Atletiko»ga qarshi uchrashuv oldidan frantsuz murabbiyi tavakkal qilmasligi aniq. Shu sabab bugungi tarkibda o'zgarish kutish emas, chamamizda.
Bugungi basdan oldin, Imanol Alguasilni o'ylantiradigan savol bor. Chunki Mikel Merinonong diskvalifikatsiyasi uning rejalarini buzib yuborishga olib kelgan. Shu sababdan murabbiy maydon markazi uchun yangi variant qidirishga majbur. So'ngi bahslarda «basklar» ham 4-3-3 sxemadan foydalanib kelishmoqda, shu sababdan bugungi uchrashuvda ham ushbu taktikadan foydalanishi mumkin.
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi