"Real" yarimhimoyachisi Lukas Vaskes Madrid klubi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib bormoqda.
Futbolchining amaldagi klub rahbariyatiga
aniq bir talablari bor. Bu haqda ABC nashri xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha Vaskes yangi shartnomani faqat futbolchining maoshi sezilarli darajada oshirilgan taqdirdagina imzolaydi. Hozirda futbolchi "Real"da haftasiga 130 ming evro ishlab topadi.
Eslatib o'tamiz, "Milan", "Everton", "Napoli" va "Lids" klublari ham Vaskesga da'vogarlik qilmoqda.