Madridliklarning ukrainalik darvozaboni Andrey Lunin jamoadan ketmoqchiligi haqida gapirgan. Uning aytishicha, «Real Madrid» safida darvozabonga etarlicha imkoniyat berishmayapti. Jamoaning asosiy darvozaboni hisoblanadigan Tibo Kurtua bilan bo'lgan raqobatda yutib chiqa olmagandan so'ng, shunday qarorga kelgan. 2018 - yilda «Zarya» jamoasidan transfer qilingan ushbu futbolchi, o'tgan vaqt mobaynida bir nechta ispan klublarida ijara asosida to'p tepdi va mavsum boshida «qaymoqranglilar» safiga qaytib kelgandi. Lunin joriy mavsumda Madrid jamoasi safida 1 marta kubok bahsidagi «Alkoyano» jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushgan.