Madridliklar himoyachi Rafael Varanni sotish bo'yicha hech qanday gap ochmagan, - deya xabar beradi AS.
Manbaning ma'lum qilishicha, «qirollik klubi» frantsuzni sotishi mumkin, biroq buning uchun u shartnomasini ortiq uzaytirmasligi talab etiladi. Shu asnoda «Real» Varandan mo'maygina pul ishlab olish fikriga ham qarshi emas. U jamoadan ketishga shoshilmayapti.
Agar qaysi klub Varanni sotib olish niyatida bo'lsa ham buning uchun juda katta kompensatsiya to'lashiga to'g'ri keladi. Eslatib o'tamiz, Varanning shartnomasi 2022 yilda yakuniga etadi.