"Real" klubi "Arsenal"ga ijaraga berilgan yarim himoyachi Martin Edegorni sotish haqida o'ylamayapti.
"Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, "qaymoqranglilar" norvegiyalik futbolchining yaqin kelajakda jamoaning asosiy tarkib o'yinchisiga aylanishiga umid qilmoqda.
Edegor "kanonirlar" safiga o'tganidan keyin 6ta uchrashuvda ishtirok etdi.