«Real» Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida «Atalanta»ga qarshi o'yinda maydonga tushib, kichik hisobda g'alaba qozondi.
Madridliklar uchun mazkur bahs EChLning pley-off bosqichidagi yuzinchi o'yin bo'ldi. «Real» musobaqa yangi nom bilan qayta tashkil etilgandan buyon ushbu natijaga erishgan ilk klubga aylandi.
"Bavariya" (97) va "Barselona" (96) klublari yuzlik dovonni bosib o'tish uchun asosiy nomzod bo'lib turishibdi.
Bundan tashqari, "Qirollik" klubi EChL pley-off bosqichida 50ta g'alabaga erishgan ilk jamoa hisoblanadi.