«Real» hujumchisi Karim Benzema kelasi haftada maydonga qaytishi mumkin.
"Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, frantsiyalik futbolchining tiklanish jarayoni muvaffaqiyatli ketmoqda. U 7 mart kuni La liga doirasida «Atletiko»ga qarshi bo'ladigan o'yinda ishtirok etishi kutilmoqda.
Shuningdek, Benzema 1 mart, dushanba kuni bo'ladigan «Real Sosedad»ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishi mumkin. Ammo jamoa murabbiylar shtabi tavakkal qilishni istamayapti.
Benzema joriy mavsumda La liga doirasida 21ta uchrashuvda maydonga tushib, 12ta gol urdi.