«Barselona» prezidentligi uchun nomzodlardan biri Toni Freysha saylov oldi kampaniyasi paytida maxsus bannerlar tayyorladi.
Ulardan birida «Real» prezidenti Florentino Peres tilga olingan: «Men VARentinoga La ligani nazorat qilishiga yo'l qo'ymayman», deya yozilgan.
Ikkinchi bannerda esa hozircha debatda ishtirok etmagan "ko'k-anorranglilar" prezidentligi uchun yana bir nomzod Joan Laporta tilga olingan: «Nazarimda, ishtirokchilarda biri hozir "Luz de Gas"dagi debatda bo'lsa kerak».
Luz de Gas – Barselonadagi tungi klublardan biri. Laporta "Barsa"dagi prezidentlik davrida qo'lga kiritilgan sovrinlarni ushbu klubda nishonlagan.