"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos uchun Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasidagi "Atalanta"ga qarshi o'yin madridliklar safidagi 308-uchrashuv bo'ldi.
U mazkur ko'rsatkich bo'yicha "Qirollik klubi"ning sobiq futbolchisi Uli Shtilikening natijasini takrorladi. Shtilike shu paytgacha germaniyalik futbolchilar orasida "Real" futbolkasidagi o'yinlar soni bo'yicha rekordchi bo'lib kelayotgandi.
Eslatib o'tamiz, 31 yoshli Kroos 2014 yilda "Real" safiga kelib qo'shilgan. Uning hisobida 21ta gol va 75ta assist mavjud.