«Real» Chempionlar Ligasi 1/8 final dastlabki bahsi doirasida 24 fevral kuni «Atalanta»ga qarshi bahs olib bordi (1:0).
Uchrashuvning 17-daqiqasida bergamoliklar yarim himoyachisi Remo Froyler darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketayotgan raqibni to'xtatib qolgani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochkaga loyiq ko'rildi.
Shu tariqa, Chempionlar Ligasi tarixida «Real» ishtirokidagi pley-off o'yinlarida madridliklarning raqiblariga ko'rsatilgan qizil kartochkalar soni 15 taga etdi.
Bu musobaqa rekordining takrorlanishi demakdir. Undan avval «Barselona» ushbu natijani qayd etgandi.