"Real" yarimhimoyachisi Garet Beylning qaynotasi Martin Rik-Jons qamoqdan ozod qilindi.
The Sun xabariga ko'ra, bundan xavotir olgan futbolchi uyini zamonaviy himoya vositalari va videokuzatuv bilan jihozladi. Bundan tashqari, uyni 24 soat davomida qo'riqlab turadigan tansoqchilar guruhini ham yolladi.
Ma'lumki, 53 yoshli Rik Jons avvalroq qalloblik va firibgarlikda ayblanib, qamalgan edi.