«Atalanta» bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida "Real"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (0:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Bugun omadimiz kelmadi. Texnologiyadan foydalanilayotgan paytda nohaq chetlatishning oldini olish mumkin edi. Ammo bunday holatlar davom etmoqda. Buni tushunmayman.
Boshqa hech narsa demayman. Agar gapirishda davom etsam, UEFA meni 2 oyga diskvalifikatsiya qiladi», – dedi Gasperini.