Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) so'nggi 34 yilning eng yaxshi darvozabonlari reytingini tuzib chiqdi.
Unga ko'ra, «Yuventus» darvozaboni Janluidji Buffon birinchi pog'onani egalladi. Italiyalik posbon futbolchilik faoliyatini 1995 yilda boshlagan bo'lib, 17 yoshida «Parma» bilan shartnoma imzolagan.
Mazkur reytingda ikkinchi va uchinchi pog'onalarini Iker Kasilyas va Petr Chex band etishdi.
Jahonning 1987-2020 yillar oralig'idagi eng yaxshi darvozabonlari (top-10):
1. Janluidji Buffon, Italiya — 357 ochko
2. Iker Kasilyas, Ispaniya — 260
3. Petr Chex, Chexiya — 218
4. Edvin Van der Sar, Gollandiya — 201
5. Manuel Noyer, Germaniya — 200
6. Peter Shmeyxel, Daniya — 179
7. Oliver Kan, Germaniya — 162
8. Xose Luis Chilavert, Paragvay — 146
9. Valter Dzenga, Italiya — 132
10. Andoni Subisareta — 132