Evropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi «Atalanta» va «Real Madrid» o'rtasidagi uchrashuvda, madridliklar safardan g'alaba bilan qaytishdi. Uchrashuvning 86-daqiqasida, «qaymoqranglilar»ning frantsiyalik futbolchisi Ferlan Mendi uzoq masofadan ajoyib gol kiritib, jamoasining g'alabasini ta'minladi. Shuni ham ta'kidlab o'tishimiz kerakki, uchrashuvning 17-daqiqasida bergamoliklarning futbolchisi Remo Froyler qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. shundan so'ng, himoyaviyroq o'yin ko'rsatishga majbur bo'lgan «Atalanta» 86-daqiqagacha «Real» hujumlariga dosh bera oldi, ammo so'ngi soniyalardagi gol Madrid jamoasining javob uchrashuvi oldidan ustunligini ta'minladi. Ushbu jamoalarning javob uchrashuvi 7g'mart kuni Madridda o'tkaziladi
"Atalanta" - "Real Madrid" 0:1
Gol: Ferlan Mendi
"Real Madrid": Kurtua, Lukas, Varan, Nacho, Mendi, Kross, Kazemiro, Modrich, Asensio (Aribbas 76), Isko (Duro 76), Vinisius(Mariano 57).
Chetlatish: Froyler 17 (Atalanta)