Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChL. «Real Madrid» Bergamoda «Atalanta»ga qarshi maydonga tushadi (prevyu)

«Atalanta» va «Real Madrid» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv atrofidagi qiziqarli ma'lumotlar, yo'qotishlar va ehtimoliy tarkiblar haqidagi qisqacha prevyuni sizlaarga taqdim etamiz.

.
- Yuklab olish

O'tgan haftadan Evropa Chempionlar Ligasi musobaqasi davom etmoqda. Bugun ham ushbu musobaqa doirasidagi bir qancha uchrashuvlar  davom ettiriladi. Kunning eng markaziy uchrashuvlaridan biri bo'lgan, «Atalanta» va «Real Madrid» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv atrofidagi qiziqarli ma'lumotlar, yo'qotishlar va ehtimoliy tarkiblar haqidagi qisqacha prevyuni sizlaarga taqdim etamiz.

«Atalanta»


Bergamo klubi o'z tarixida ikkinchi marta Evropaning eng nufuzli musobaqasida qatnashmoqda. Ikkala mavsumda ham «Atalanta» musobaqaning pley-off bosqichiga yo'l olishdi. Guruh bosqichida Gasperini shogirdlari ikkinchi o'rinni egallab, mazkur bosqichga chiqishdi. Guruhdagi birinchi o'rinni esa, Angliyaning «Liverpul» jamoasi qo'lga kiritishgan. Bergamoliklar guruhdagi birgina uchrashuvda mag'lub bo'lgan bo'lsa, ikki bahsda durang qayd etishdi va uchta o'yinda g'alaba qozongan holda 11 ochkoni qo'lga kiritishgan.
Bergamoliklarining A seriyadagi ishlari biroz yaxshroq. Jamoa 23 o'yindan so'ng, 43 ochko bilan 5-o'rindan joy olgan. O'tgan turda ular o'z maydonida «Napoli» jamoasini qabul qilib, 4:2 hisobidagi g'alabani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. Mazkur bahsda bir kishi kam bo'lib ham ajoyib o'yin ko'rsatgan mezbonlar tarkibidan, Sapata, Gosens, Muriel, Romero o'z hisobiga gol yozdirib qo'yishgan. Demak, «Atalanta» jamoasi bugungi, «Real»ga qarshi uchrashuvdan oldin, kayfiyati ancha yaxshiroq.
Ayni paytda «Atalanta»ning kuchi hujum va shaxsiy tarkibining barqarorligidadir. Gasperini jamoasi har bir o'yinda o'rtacha 2tadan ko'p gol urmoqda. Qizig'i shundaki, bu ko'rsatkich borasida Bergamo jamoasini «Inter», «Milan» va «Yuventus» jamoalarini ham ortda qoldirgan. «Atalanta» nafaqat Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga, qolaversa Italiya kubogi finaliga ham yo'l olishdi.
Mazkur uchrashuv oldidan, «ko'k-qoralar»da jarohat bilan bog'liq muammo yo'q. Faqatgina o'ng qanot himoyachisi Xans Xateburda oyog'idagi jarohati sabab mazkur o'yinni o'tkazib yuboradi. Ammo bu yo'qotish bergamoliklar uchun jiddiy muammo tug'dirmasa kerak. 

 

«Real Madrid»


«Real Madrid» o'z guruhida «Shaxtyor», «Borussiya M» va «Inter» jamoalari bilan joy olgan edi. Umuman olganda, madridlik guruhda 1-o'rinni egallagan bo'lsada, ancha qiyinchilikka duch kelishgan. Ukrainaning «Shaxtyor» jamoasiga qarshi har ikkala bahsda ham mag'lubiyatga uchrashdi, bu esa Madrid jamoasining guruhdan chiqish ehtimolini pasaytirib yubordi, lekin oxirgi turda «Borussiya M»ga qarshi uchrashuvdagi g'alaba, madridlik uchun guruh bosqichini ijobiy yakunlashga imkoniyat yaratdi.
Hozirgi paytda tashqi tomondan Zidan jamoasining ishlari yaxshidek tuyulsa ham, ammo klubda  muammolar etarlicha topiladi. Garchi, «Real» La Liga doirasidagi so'ngi 4 uchrashuvdan beri g'alaba qozonib kelayotgan bo'lsada, jarohatlar bilan bog'liq holat bugungi bahsda madridliklarning minus tomoniga ishlashi mumkin. Chunki, Ispan grandi ichki chempionat doirasidagi o'tkazgan uchrashuvlarida, raqib jamoa hatto maydon markazidan ham o'ta olmagani, muammoni yanada chigallashtiradi. Umuman olganda, bergamoliklar hujumni sevadigan jamoa hisoblanadi, «Real»ning esa himoyadagi yo'qotishlari mehmonlar uchun yaxshi tomonga xizmat qilishi mumkin. Bergamoga safari oldidan Zinedin Zidan shogirdlari safarda «Valyadolid»ni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. G'alabaning minimal hisobda bo'lganiga qaramay, bu muvaffaqiyat «Real Madrid»ga ajoyib kayfiyat va La Ligada ikkinchi o'ringa chiqishiga zamin yaratgan. Bugungi bahsda Madrid jamoasida tarkib borasida juda katta yo'qotishlar mavjud. Jarohat tufayli bugungi uchrashuvni hujumchilar Karim Benzema va Rodrigo, yarim himoyachilar Eden Azar, Federiko Valverde, himoyachilar Serxio Ramos, Dani Karvaxal, Marselo, Eder Militao va Alvaro Odriosola o'tkazib yuborishadi. Benzemaning yo'qligi bugungi bahsda yaqqol sezilishi mumkin, chunki Chempionlar Ligasining oldingi bahslarida, aynan frantsuz futbolchisi 5ta o'yinda, 4 marta raqiblar posponini xafa qilishga erishgan. Karimning jarohati joriy mavsum boshidan beri «qaymoqranglilar»ning 41-jarohati sifatida qayd etilgani va ularning 30tasi mushak bilan bog'liqligi ham katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, Dani Karvaxalning jarohatining qaytalanishi jiddiyroq bo'lib chiqdi va yana qaytishi bilan yana ikki oyga safdan chiqdi. Qolaversa, jamoa etakchisi va sardorining ham yo'qligi, jamoa a'zolarini va muxlislarning kaayfiyatini tushurishi mumkin. Chunki, «El-kapitano»ning maydonda bo'lishi, jamoaga ruhan madad ham bo'ladi. Shuning uchun madridlik muxlislarning xavotirini tushunish mumkin.

Ehtimoliy tarkib


«Atalanta» (3-4-2-1): Gollini, Toloi, Jimsiti, Romero, Gosens, Froyler, De Ron, Mexle, Malinkoviskiy, Ilichich, Muriel.


«Real Madrid» (4-3-3): Kurtua, Mendi, Nacho, Varan, Vaskes, Modrich, Kazemiro, Kross, Asensio, Vinisius, Junior, Mariano Dias,

«Atalanta» Italiya chempionatining «Napoli»ga qarshi o'tkazgan so'ngi tur uchrashuvida, ikkita hujumchi bilan o'ynashdi. Umuman olganda, «qora-ko'klar» so'ngi o'yinlarida 3-4-1-2 taktik sxemasidan foyfalanishmoqda. Oldinlari «Atalanta» tez-tez 3-4-2-1 sxemada o'ynar edi. Ammo Ispaniya klubi bilan qarama-qarshilikning murakkabligi va uchrashuvning ahamiyatini inobatga olib, ushbu o'yinda bergamoliklar katta ehtimol bilan ushbu sxemadan foydalanishadi.


Ushbu mavsumda «Real Madrid» futbolchilari Zinedin Zidan boshchiligida turli xil sxemalardan foydalanishdi. Jamoadagi yo'qotishlar sabab, jamoa uchta markaziy himoyachi bilan o'ynab kelayotgan edi. Ammo, «Atalanta» bilan o'yindagi har bir xato, jamoaning mag'lubiyatiga sabab bo'lishi mumkin. Shuning uchun Zidan bugungi bahsda 4-3-3 taktik sxemadan foydalanishi mumkin.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, Bergamoda kechadigan bugungi uchrashuv haqiqatdan ham qiziqarli o'tishiga shubha yo'q. Chunki, «Real Madrid» musobaqani ushbu bosqichda yakunlasa, mavsum so'ngida jamoa murabbiyi ishdan ketishiga sabab bo'lishi mumkin. Shuning uchun bugun tunda kechadigan bahsda, madridliklar maksimal natijani qo'lga kiritishga harakat qiladi. Aksincha esa, «Atalanta» raqibi tarkibidagi yo'qotishlardan unumli foydalanishga harakat qilib ko'rishadi. Qolaversa, bugungi uchrashuvdagi g'alaba har ikki jamoaga ham, javob uchrashuvi oldidan yuqori kayfiyatni ta'minlashi mumkin. Mazkur bahs, bugun tunda Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

BestMaster
24 Fevral 2021, 21:30
«real, madrid», bergamoda, «atalanta»ga, qarshi, maydonga, tushadi, prevyu,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads