Bugun Madridning “Real” klubi Bergamoda “Atalanta” mehmoni bo'ladi. Bu “qaymoqranglilar” uchun italyan jamoalariga qarshi 77-bahs hisoblanadi. Oldingi 76 bahsning 40 tasida “Real”, 25 tasida raqiblarining qo'li baland kelgan, 11 o'yin esa durang bilan xotima topgan.
"Yuventus" | 21 | 11 | 2 | 8 |
"Roma" | 12 | 8 | 1 | 3 |
"Inter" | 17 | 8 | 2 | 7 |
"Milan" | 15 | 6 | 3 | 6 |
"Napoli" | 4 | 3 | 1 | 0 |
"Lacio" | 4 | 2 | 2 | 0 |
"Torino" | 2 | 1 | 0 | 1 |
"Fiorentina" | 1 | 1 | 0 | 0 |
SHunday qilib, "Atalanta" "Real Madrid"ning qarshisiga chiqadigan 9-italyan klubiga aylanadi. Bergamoliklar shu kunga qadar faqat 1 ta ispan jamoasiga qarshi xalqaro maydonda kurash olib borishgan. ECHL o'tgan mavsumining nimchorak final bosqichida "Valensiya" bilan to'qnash kelgan "Atalanta" "ko'rshapalaklar"ga hech qanday imkon qoldirmagan edi. Har ikkala jamoaning o'yin uslubi hujum asosida qurilishini inobatga olsak, bugungi o'yin ham qiziqarli ruhda o'tishi kerak.
Qadrli muxlis, Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladigan uchrashuvdan qanday natija kutyapsiz?
Atalanta | Champions League Final Stage . 1/8-tur 25/02/2021, 01:00 - : - Boshlanmadi | Real Madrid |
Stadion: Gewiss Stadium
Bosh hakam: Tobias Stieler
Match-senterda ochish