"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan "Atalanta"ga qarshi o'yin tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"O'yinchilarning jarohati tufayli ta'bimiz xira bo'ldi. Biz haqiqatan ham ko'p o'yinchilarni yo'qotdik. Shunga qaramay, o'yinga tayyormiz. Biz raqibning o'yin uslubiga moslashishimiz kerak bo'ladi. "Atalanta" hujumda yaxshi o'ynaydi va jismoniy jihatdan kuchli. Biz esa o'z futbolimizni o'ynashimiz kerak. "Real" bosim ostida o'ynashni yoqtiradi", - dedi Zidan.
"Atalanta" - "Real" uchrashuvi bugun tunda Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.