«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan «Atalanta»ga qarshi o'yin arafasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Uchrashuv 24 fevral kuni Bergamo shahrida bo'lib o'tadi.
«Ertaga bizni qanday o'yin kutib turganini bilamiz. Shuningdek, o'zimiz ham nimalarga qodirligimizni bilamiz. Futbolchilar mashg'ulotlarda yaxshi ishlashdi va yaxshi natijaga erishishga tayyormiz. Bizda kerakli tajriba bor. Umid qilaman, biz finalgacha etib boramiz. Men durangga rozi bo'lmayman. G'alaba uchun o'ynaymiz.
Biz «Atalanta»ni unchalik yaxshi bilmaymiz. O'zimizning futbolni o'ynashdan tashqari raqib uslubigi ham moslashishimiz kerak. Bu juda hujumkor jamoa. U ikki yil avvalgi «Ayaks»ni eslatib yuboradi. Raqib jamoa safida ajoyib o'yinchilar bor. Shu bois, men ertaga yaxshi o'yin kutyapman.
Gasperini a'lo darajadagi ishni amalga oshirdi. Men Turinda o'ynaganimda, u «Yuventus» yoshlar jamoasi murabbiyi sifatida ishlagan. Murabbiy sifatida u menga yoqadi», — dedi Zidan.