"Real" himoyachisi Serxio Ramos qachon maydonga qaytishi ma'lum bo'ldi. Ispaniyalik futbolchi fevral oyi boshida tizzasini operatsiya qildirgan edi va hozirda tiklanish jarayonini o'tamoqda.
"As" tashqari tarqatgan xabarga ko'ra, 34 yoshli futbolchi 13 mart kuni bo'ladigan "Elche"ga qarshi o'yinda ishtirok etish uchun to'liq tayyor bo'ladi. Madridliklar oradan 3 kun o'tib, 16 mart kuni "Atalanta"ga qarshi Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichining javob bahsini o'tkazishadi.
Ramos so'nggi marta 14 yanvar kuni Ispaniya superkubogi doirasida "Atletik Bilbao"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etgan edi.
Serxio joriy mavsumda La liga doirasida 14ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol muallifiga aylandi.