«Barselona» La Liga 24-turi doirasida 21 fevral kuni «Kadis»ga qarshi kechgan bahsda 1:1 hisobini qayd etdi.
Uchrashuvning 32-daqiqasida Lionel Messi penaltini golga aylantirgan holda, jamoasining o'yindagi yagona goliga muallif bo'ldi.
Bu argentinalik futbolchi uchun Ispaniya chempionatida penaltidan urilgan 73-gol bo'ldi. Messi bu borada «Real» sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduning rekordini (72) yangiladi.
Messi «Barselona» asosiy jamoasida 2004 yildan buyon to'p surib keladi. Ronaldu esa 2009—2018 yillar mobaynida Primerada harakat qilgan.