"Real" yarim himoyachisi Vinisius Junior madridliklar safidagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.
"Men "Real"ga, jamoadoshlarimga va Florentino Peresga 100 foizga ishonaman. Prezident hattoki mening ashaddiy muxlisim ekanini aytdi. "Real"da faoliyatimning oxirigacha qolishni istardim. Maqsadim — jamoa tarixini qurishda yordam berish, ko'p gollar urish, o'ynash va g'alaba qozonish", — dedi 20 yoshli braziliyalik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Vinisius 2018 yilda "Flamengo"dan "Real"ga o'tgandi. U "Qirollik klubi" 98ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 20ta uzatma muallifiga aylandi.