Kecha La Liga navbatdagi turi doirasida «Sevilya» «Osasuna» bilan bahs olib bordi va raqiblari darvozasiga javobsiz ikkita to'p yo'llab g'alabaga erishdi.
«Andalusiyaliklar» safidagi gollarga Diego Karlos hamda De Yong mualliflik qildi. Qiziq tomoni ushbu g'alabdan so'ng «Sevilya» turnir jadvalida «Barsa»ni ortda qoldirib 3-o'ringa ko'tarilib oldi.
Hozircha jamoa hisobida 48 ochko mavjud va bu bilan Lopetegi shogirdlari yaqin ta'qibchilaridan 1 ochkoga oldinda borishmoqda.