«Real» moliyaviy mojaro markaziga tushib qoldi. "infoLibre" portali "Football Leaks" hujjatlariga asoslangan holda tarqatgan xabarga ko'ra, madridliklar qoidalarni chetlab o'tish maqsadida Shimoliy Amerikaning "Providence" jamg'armasi bilan shartnoma imzolagan.
«Real» 2016 yilda mazkur shartnomani imzolashga rozi bo'ldi. Unga ko'ra, 200 million evro miqdoridagi summa Kayman orollaridagi 2ta ofshor kompaniyadan tushishi kerak edi.
Hisobotda aytilishicha, ushbu shartnoma soliqdan qochish uchun firibgarlik sifatida baholanishini "Real" rahbariyati bilardi. Jamoa bu pullarni go'yoki Ispaniya tashkilotidan tushgandek ko'rsatmoqchi bo'lgan, ammo yakunda bunday bo'lib chiqmadi.