Mbappe va Xoland «Real»ga juda qimmatga tushishi mumkin.
Madridning «Real» klubi Mbappe va Holland bilan 6 yillik shartnomani imzolasa, 852 million evro sarf etadi. Bunda madridliklar frantsuz uchun yiliga 72 million evro, norvegiyalik hujumchiga esa 20 million evro maosh taklif qilishlari kerak.
Ya'ni, umumiy hisobda klub, ushbu futbolchilarning maoshi uchun yiliga 92 million sarflaydi. Shu o'rinda, ikkala futbolchining transferi 150 million evrodan, jami 300 million evroga baholanmoqda. Agar ular bilan olti yillik shartnoma imzolansa, bu har yili «Real»ga 50 million dollarga tushadi.
Boisi, agar Mbappe va Hollandning maoshi va transfer narxini hisobga olsak, ularning har yili jamoada bo'lishlari «Real»dan jami 142 (92 + 50) million dollarni talab etadi. Olti mavsum davomida esa bu miqdor 852 millionni tashkil qiladi: transferlar uchun 300 million, Mbappening maoshi uchun 432 million va Xolandning maoshi uchun 120 million evro.