SHunday qilib, CHempionshipda qatnashayotgan “Bornmut”ga yangi bosh mutabbiyi etib Jonatan Vudgeyt tayinlandi. U 3 fevral kuni vazifasidan ozod etilgan Jeyson Tindollning o'rnini vaqtinchalik egallab turgandi.
41 yoshli mutaxassis jamoa boshqaruvida beshta o'yin o'tkazishga ulgurdi – 3 g'alaba, 2 durang. “Bornmut” chempionat jadvalida 49 ochko to'plagan holda 6-o'rinda bormoqda.
Eslatib o'tamiz, Vudgeyt futbolchilik faoliyatida “Real”, “Nyukasl”, “Lids”, “Tottenxem” kabi jamoalar sharafini himoya etgan. Sobiq himoyachi 2016 yil “Midlsbro” safida futbol bilan xayrlashib, butsalarini mixga ilgandi.