Ispaniya La Ligasining 24-turidan o'rin olgan "Valyadolid" va "Real" jamoalari o'rtasida "Xose Sorrilya" o'yingohida bo'lib o'tgan o'yinda madridliklar minimal hisobda zafar quchishdi.
Belgilangan standart vaziyatdan unumli foydalangan "Real" futbolchilari, ikkinchi bo'lim o'rtalarida jarima zarbasidan Kazemironing bosh bilan yo'llangan zarbasidan so'ng, raqib darvozasini ishg'ol etishdi.
Yakunda, ushbu 0:1 xisobi o'yin so'nggiga qadar saqlanib qoldi va "Real" safarda kerakli ochkolar bilan Madridga qaytadigan bo'ldi.
Shu tariqa, mehmonda muhim g'alabani qo'lga kiritib, bugungacha 52 ochko jamg'argan madridliklar, peshqadam "Atletiko" bilan o'rtadagi farqni 3 ochkogacha qisqartirishga muvaffaq bo'lishdi. Bugungi uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan "Valyadolid" esa 21 ochko bilan xavfli hudud — o'n to'qqizinchi pog'onada joylashgan.
Ispaniya chempionati, 24-tur
"Valyadolid" – "Real Madrid" 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 65 Kazemiro.
"Valyadolid" – Masip, Yanko (Jota, 61), Bruno Gonsales, Peres, Xoakin Fernandes, Orelyana, Alkaras (San-Emeterio, 84), Mesa (Kodro, 73), Kike Peres (Plano, 84), Nacho Martines, Gvardiola (Veysman, 73).
"Real Madrid" – Kurtua, Nacho, Mendi, Varan, Vaskes, Kazemiro, Modrich, Asensio (Arribas, 66), Kroos, Vinisius Junior (Isko, 66), Mariano Dias (Duro, 66).
Ogohlantirishlar: Alkaras (60), Vaskes (69), Nacho Martines (71), Orelyana (76), Arribas (78), Plano (85).